Maxfiylik siyosati
Kuchga kirgan sana: 2026-10-06 · Privacy Policy (English below)
Biz kimmiz
Reelscoach ilovasi va xizmati (keyingi o'rinlarda «xizmat»). Ishlab chiquvchi: Jamoliddin Kutbiddinov. Aloqa: karimovj309@gmail.com.
Qanday ma'lumot yig'iladi
- Hisob: ism, telefon raqami, email, kirish usuli (Apple, Google, telefon yoki parol). Kirish Firebase Authentication (Google) orqali amalga oshiriladi.
- Siz yuklagan kontent: video va audio kliplar, rasmlar, matnlar, brend haqidagi materiallar (fayl, havola, ovozli xabar).
- Instagram: akkauntni o'zingiz ulasangiz, Instagram API orqali profil, postlar statistikasi, auditoriya ko'rsatkichlari va izohlar olinadi. Token faqat serverda shifrlangan tizim kalitlar zanjirida saqlanadi.
- Ochiq videolar tahlili: siz bergan havola bo'yicha ochiq Instagram reels bir martalik tahlil qilinadi. Xom video tahlildan keyin o'chiriladi, faqat matnli xulosa va kalit kadrlar qoladi.
- Texnik: server jurnallari (so'rov vaqti va IP manzil) — xavfsizlik va nosozliklarni tuzatish uchun.
Nima uchun ishlatiladi
Faqat ilova vazifalari uchun: brendni o'rganish, tahlil, reja, montaj, sizning tasdig'ingiz bilan joylash. Ma'lumotlar sotilmaydi, reklama uchun ishlatilmaydi, kuzatuv (tracking) yo'q.
Kimlarga uzatiladi (xizmat ko'rsatuvchilar)
- Google Firebase — kirish va hisob ma'lumotlari;
- Anthropic (Claude) — matn, kadr va transkriptlarni AI tahlili (ularning siyosati bo'yicha model o'qitishga ishlatilmaydi);
- Meta (Instagram API) — siz ulagan akkaunt bilan ishlash va joylash;
- Cloudflare — videoni Instagram'ga joylash uchun vaqtinchalik saqlash;
- Tailscale — ilova va server orasidagi shifrlangan ulanish.
Saqlash va o'chirish
Ma'lumotlar hisobingiz faol ekan saqlanadi. Ilovada Profil → Akkaunt → Hisobni o'chirish orqali hisobingiz va unga bog'liq ma'lumotlar o'chiriladi. Brendni o'chirsangiz, uning barcha bilimlari, tahlillari va rejalari ham o'chadi. Email orqali ham so'rov yuborishingiz mumkin.
Bolalar
Xizmat 13 yoshdan kichiklar uchun mo'ljallanmagan.
Aloqa
Privacy Policy (English)
Effective 2026-10-06. Developer: Jamoliddin Kutbiddinov, karimovj309@gmail.com.
Data we collect: account data (name, phone, email, sign-in method via Firebase Authentication); content you upload (video/audio clips, images, texts, brand materials); Instagram data from accounts you connect (profile, post insights, audience metrics, comments) via the Instagram API; public reels you submit by link for one-time analysis (raw video deleted after analysis); server logs (time, IP) for security.
Use: only to provide the app's features (brand learning, analysis, planning, editing, publishing after your approval). No selling of data, no advertising, no tracking.
Processors: Google Firebase (auth), Anthropic (AI analysis), Meta Instagram API, Cloudflare (temporary media hosting for publishing), Tailscale (encrypted transport).
Retention & deletion: kept while your account is active. Delete your account in-app (Profile → Account → Delete account) or email us; deleting a brand removes all its data. Not intended for children under 13.